La Liganing eng yaxshi futbolchisi "Atletiko"ga o‘tishi mumkin
Madriding "Atletiko" klubi yozgi transferlar davrida o‘zining himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi.
Jurnalist-insayder Janluiji Dragonening xabar berishicha, "Real Sosedad" himoyachisi Robin Le Norman “matraschilar”ning bu boradag asosiy transfer nishoni hisoblanadi.
“Atletiko”ning sport direktori Andrea Berta 24 yoshli frantsiyalik futbolchining imkoniyatlarini yuqori baholamoqda. Madridliklar skauti Erik Olxats ham Normanni klub rahbariyatiga tavsiya qilmoqda.
Robin Le Norman joriy mavsum “Real Sosedad” safid 17 ta o‘yinda maydonga tushdi. U La Liganing oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.



Fikrlar