Lamin Yamal futbol o‘ynashdan ko‘zlagan maqsadini ochiqlandi
«Barselona»ning yosh hujumchisi Lamin Yamal futbolga bo‘lgan munosabati va unda o‘ynashdan ko‘zlagan maqsadi haqida fikr bildirdi. Unga ko‘ra, futbol unga eng avvalo zavq va baxt hissini ulashadi, shuningdek, jamoadoshlariga yordam berish imkonini beradi.
«Men futbolni pul uchun o‘ynamayman. Menga bu o‘yin yoqqani uchun maydonga tushaman. Gol urish yoki golli pas berishga o‘ta berilib ketgan futbolchilar o‘yindan zavq ololmaydi, deb o‘ylayman. Men esa maydonga kayfiyat uchun chiqaman: raqibni aldash, bir zarbada o‘ynash, hali gol urmagan jamoadoshimgа yordam berish, uning golidan xursand bo‘lish – mana shu narsalar men uchun eng katta baxt», – dedi Yamal The Guardian nashriga bergan intervyusida.
Joriy mavsumda Lamin Yamal «Barselona» tarkibida barcha musobaqalar doirasida 8 ta o‘yin o‘tkazdi. U shu vaqt ichida 8 ta gol urdi va 6 ta golli pas muallifiga aylandi.

Fikrlar