Lamin Yamalning jarohati qanchalik jiddiyligi bo‘yicha ma'lumot berildi
"Barselona" vingeri Lamin Yamal joriy mavsumning qolgan qismida ishtirok etolmasligi maʼlum boʻldi.
18 yoshli futbolchi La Liga doirasida "Selta"ga qarshi uchrashuvning birinchi boʻlimida penalti ijro etish vaqtida jarohat olgandi. Unda son orqa qismi mushagi uzilishi gumoni bildirilgan edi.
Bugun klub matbuot xizmati tibbiy tekshiruv natijasida Yamalda mushak jarohati tasdiqlanganini maʼlum qildi. Uning La Ligada mavsumning qolgan oʻyinlarini oʻtkazib yuborishi kutilmoqda, biroq futbolchi jahon chempionatiga tayyor boʻlishi mumkin.

Fikrlar