"Lans" himoyachisi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

  • 29 iyul, 2023, 23:55
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kelasi mavsum Chempionlar ligasida o‘ynaydigan "Lans" bir qator muhim futbolchilaridan ayrildi. Endi navbat Kevin Dansoga kelgan bo‘lishi mumkin. Himoyachiga "Napoli"dan qiziqish bo‘lgani haqda mish-mishlar tarqalgandi. 

Frantsiya klubi Dansoni olib qolishga harakat qilmoqda. Unga 2027 yilgacha amal qiladigan shartnoma taklif qilinishi kutilmoqda. Futbolchining maoshi ham oshadi, deya xabar bermoqda insayder Nikola Skira. 

Ma’lumot uchun, 24 yoshli himoyachi 2021 yilda "Augsburg"dan 6 million evro evaziga "Lans" takribiga kelib qo‘shilgan.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!