
Lans yaqinidagi maydonda yuz bergan fojiada murabbiy halok bo‘ldi
Frantsiyaning Lans shahridan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan “Gabriel-Peri” stadionida kutilmaganda fojia yuz berdi.
La Voix du Nord nashrining ma’lum qilishicha, futbol mashg‘uloti vaqtida chaqmoq urishi oqibatida 33 yoshli murabbiy vafot etgan.
Yana 25 va 44 yoshli ikki kishi og‘ir ahvolda shifoxonada yotibdi. Shifokorlar ularning hayoti uchun kurashmoqda.
Umuman olganda, chaqmoch chaqnagan vaqtda maydonda 33 kishi bo‘lgan. Ulardan yana to‘rt nafari engil darajada kuyish jarohatini olgan. Jabrlanuvchilarga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatildi.
Fikrlar