Laporta "Barsa" oʻyinchisi uchun 500 million yevro soʻrayapti
«Chelsi» yarim himoyachi Fermin Lopes bilan bog‘liq xabarlar markazida qolmoqda. Angliya klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso 23 yoshli futbolchini jamoasida ko‘rishni juda istayotgani aytilmoqda.
Matbuotda Alonso transfer masalasini shaxsan muhokama qilish uchun Ferminga o‘zi qo‘ng‘iroq qilishni rejalashtirayotgani haqida ham ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
El Nacional nashrining yozishicha, «Barselona» prezidenti Joan Laporta Fermin Lopesning «Chelsi»ga ketishiga mutlaqo qarshi. Manbaning ta’kidlashicha, londonliklar futbolchini qo‘lga kiritishning yagona yo‘li – uning shartnomasida ko‘zda tutilgan 500 million yevro miqdoridagi to‘lov bandini ishga tushirishdir.
Fermin Lopes hozirgi paytda «Barselona» bilan amal qilayotgan shartnoma asosida 2030/2031 yilgi mavsum oxirigacha kataloniyaliklar sharafini himoya qilishi kutilmoqda.

Fikrlar