"Latsio" Jiru bilan muzokaralar o‘tkazmoqda

  • 19.02.2020 18:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Rimning "Latsio" klubi "Chelsi" forvardi Olive Jiruni o‘z safida ko‘rmoqchi. Bu haqda Tuttomercato nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra A Seriya grandi allaqachon 33 yoshli frantsiyalik futbolchining agenti bilan uning transferi masalasida muzokaralarni boshlab yuborgan. Ta’kidlash kerakki, Jiruning “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. Shu bois u bemalol boshqa jamoalar bilan muzokaralar o‘tkazish huquqiga ega.

Ma’lumot uchun, Jiru joriy mavsum “Chelsi” safida bor yo‘g‘i 8 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!