"Latsio" "Liverpul" futbolchisini tekinga qo‘lga kiritmoqchi
"Liverpul" yarim himoyachisi Adam Lallana faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Italiyalik jurnalistlar ma’lumotiga ko‘ra, 31 yoshli xavbek xizmatlariga "Latsio" klubi qiziqish bildirmoqda. Klu angliyalik futbolchi bilan erkin agent maqomida shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
Lallana atrofidagi vaziyatni, shuningdek "Lester" ham kuzatib bormoqda.
Joriy mavsumda yarim himoyachi mersisaydliklar libosida APL bahslarida 13 ta o‘yinda maydonga tushib 1 ta gol kuiritdi.

Fikrlar