"Latsio" o‘z etakchisini qanchaga sotmoqchi?
Rimning "Latsio" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savichning narxini ma’lum qildi.
Tuttomercatoweb nashri tarqatgan xabarga ko‘ra A Seriya klubi 25 yoshli futbolchisini 120 million evroga baholamoqda. Agar “Latsio” bu mavsum chempionlikni qo‘lga kiritsa, uning narxi yanada oshib ketishi mumkin.
Ta’kidlash kerakki, Milinkovich-Savich uchun "Real", "Manchester Yunayted" va PSJ klublari jiddiy kurash olib borishmoqda.
U joriy mavsum “Latsio” safida 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.



Fikrlar