
"Latsio" o‘z maydonida "Bryugge"ni enga olmadi (video)
UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich 6-turida “Latsio” o‘z maydonida “Bryugge”ni qabul qildi.
Rimdagi o‘yin 2:2 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi. Mezbonlar safida Xoakin Korrea (12') va Chiro Immobile (27'), mehmonlar safida Ruud Vormer (15') va Xans Vanaken (76') gol muallifi bo‘ldi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar