"Latsio" Rimda "Styaua"ni tor-mor keltirdi (video)
Kecha Rimdagi “Olimpiko” stadionida UEFA Evropa ligasi 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan “Latsio” hamda Buxarestning “Styaua” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv gollarga boy kechdi. E’tiborlisi, rimliklar shu kuni raqiblari darvozasiga 5ta to‘p yo‘llashgan bo‘lishsa, rumin klubi ushbu gollarga faqat 1 marotaba javob qaytarishga erishdi holos. Yakuniy hisob 5:1.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan barcha gollarni tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar