Legionerimiz Parijda chempion bo‘lmoqchi!

  • 20 may, 2024, 19:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Umarali Rahmonaliev o‘zbek futboli maktabining eng iqtidorli tarbiyalanuvchilaridan hisoblanadi.

20 yoshli yarim himoyachi 2023 yilning yanvar oyidan Rossiya Premer-ligasi vakili “Rubin” a’zosi hisoblanadi.

Legionerimiz Premer-liganing 29-turida “Spartak”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda boshladi. Moskvaliklarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan bahssdan keyin Umarali Rahmonaliev metaratings.ru sayti jurnalisti savollariga javob qaytardi.

Sports.uz portali ushbu suhbatni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

— Bizga yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalana olish qobiliyati etishmadi, himoyada yaxshi o‘ynadik, lekin shunga qaramay, raqibning uchala goliga ham o‘zimiz sababchimiz, “Spartak” favqulodda hech narsa yarata olgani yo‘q, - deb o‘ylayman.

— Bosh murabbiy Rashid Rahimov klubni tark etishi mumkinligi haqida xabar tarqaldi. Bu sizlarga bosim o‘tkazmadimi?

— Biz bu haqida hech narsa bilmaymiz, bor e’tiborimizni 30-turda “Sochi”ga qarshi bo‘ladigan uchrashuvga qaratganmiz. Shaxsan men uchun Rahimov bilan ishlash qulay.

— Klub bilan Olimpiadaga borishingiz haqida gaplashib oldingizmi?

— Hozircha yo‘q. Klub bilan hali gaplashib olamiz. Terma jamoada o‘ynar ekansiz, bu har doim qandaydir tajriba bo‘ladi.

— Futboldagi orzungiz qanday?

— Klub bilan imkon qadar yuqoriga ko‘tarilish. Terma jamoadagi orzum esa, Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida g‘olib chiqish.

—  Buning imkoni bormi?

— Albatta!

Umarali Rahmonalievning “Rubin” bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar davom etadi. 20 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda klub miqyosida barcha turnirlarda 16 marotaba maydonga tushdi. Transfermarkt portali legionerimizni 600 ming evroga baholamoqda.

Legionerimizga “Sevilya”da o‘ynagan futbolchi ustozlik qiladi

“Barsa”da o‘ynagan futbolchi Fayzullaevni qanchaga transfer qilish kerakligini aytdi

Fayzullaevga tanqid qanday ta’sir qildi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
АБВГДейка
20/05/2024 10:05
Битта пеналтини уролмаган катта гапирмасада,гурухдан чикларинг хали.