“Barsa”da o‘ynagan futbolchi Fayzullaevni qanchaga transfer qilish kerakligini aytdi

  • 19 may, 2024, 22:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Igor Korneev TsSKAdagi muvaffaqiyatli faoliyatidan keyin Evropaga yo‘l olgan Rossiyadagi dastlabki futbolchilardan biri. Mohir yarim himoyachi legioner sifatida Ispaniyada “Espanol” va “Barselona”, Niderlandiyada “Xerenven”, “Feenoord” va “NAK Breda” klublarida to‘p tepgan.

Tecno

Korneev “Sport Ekspress” nashriga bergan intervyusida TsSKA va uning o‘yinchilari haqida ham fikr bildirdi.

— TsSKAning eng nozik nuqtasi qaysi?

— O‘ng va chap qanot himoyachilari.

— Keyingi paytda chap qanot himoyasida Ilya Agapov o‘ynayapti. Yozda bu pozitsiyada o‘ynash uchun TsSKAga keladigan Danil Krugovoy raqobatda uni enga oladimi?

— Krugovoy bu amplua uchun birinchi raqamli o‘yinchi bo‘ladi. Buning uchun TsSKA kelasi mavsumda ham hozirgi sxemada o‘ynashi kerak.

— O‘ng qanot himoyachisi sifatida Kellvenga qanday baho berasiz?

— Hozircha ishonchni oqlagani yo‘q. Katta hajmdagi ishlarni bajaryapti, lekin unga sifat etishmayapti.

— TsSKA shartnomani uzaytirishdan bosh tortayotgan Villian Roshani saqlab qola oladimi?

— O‘ylashimcha, yo‘q. Braziliyalik legioner anchadan beri Evropani ko‘zlayapti.

— Fyodor Chalovning bu mavsumdagi o‘yinini qanday baholaysiz?

— Shartnomani uzaytirish bo‘yicha qiyin davrlarni boshdan kechirganini inobatga olib, mustahkam to‘rt bahoga baholayman.

— U Evropaga ketadimi? Qaysi chempionatga? Masalan, Ispaniyani olsak, qaysi darajadagi klubga o‘tishi mumkin?

— Fyodor anchadan beri ketishni istaydi, ayni paytda rossiyalik futbolchilar o‘ynayotgan har qanday chempionat bo‘lishi mumkin.

— Fayzullaev — bu mavsumning eng yaxshi transferi bo‘ldimi?

— Unga sarflangan mablag‘ va o‘yinchining sifati bo‘yicha eng yaxshilaridan biri bo‘ldi.

— Hozircha unga nima etishmayapti?

— O‘yin daqiqalari.

— TsSKA uni Evropaga qancha summaga transfer qiladi?

— O‘ylashimcha, “armiyachilar” yaqinlashib kelayotgan mavsumda Abbosbek bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqmaydi, lekin transfer summasi 5 million evrodan kam bo‘lmasligi aniq.

O‘zbekistonda tug‘ilgan futbolchi “Evro-2024”da ishtirok etadi

“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million evro xarajat qiladi!

 

na xolos: Fayzullaev Messi bilan o‘ynamoqchi!

Fayzullaevga tanqid qanday ta’sir qildi?

Shomurodov nomini tarixga muhrladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!