
Legionerlarimiz. Bugun Erkinov va Yo‘ldoshev jamoasi o‘ynaydi
Bugun ikki nafar legionerimiz jamoasi bilan o‘z o‘yinlarini o‘tkazadi.
Dastlab, Ibrohimhalil Yo‘ldoo‘shev harakat qilayotgan "Qayrat" Qozog‘iston chempionati 2-turi doirasida "Turan" maydoniga safar qiladi. Uchrashuv 17:00da start oladi.
Ma’lumot uchun, birinchi turda "Qayrat" 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. Yo‘ldoshev esa debyutida to‘liq 90 daqiqa harakat qilgan.
Bugun BAA chempionati 16-tur o‘yinlari ham o‘tkaziladi. Ushbu turda Hojimat Erkinov o‘ynayotgan "Al-Vahda" o‘z uyida "Al-Vasl"ni qabul qiladi. Bellashuvning start hushtagi 21:15da chalinadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan turda "Al-Vahda" – "Al-Jazira" bilan o‘ynab, 3:2 hisobidagi g‘alaba qozongan edi. Legionerimiz to‘liq 90 daqiqa harakat qilgandi.
Fikrlar