
Legionerlarimiz. Bugun O‘zbekiston terma jamoasining 4 nafar a’zosi o‘ynaydi
Qozog‘iston chempionati. Bugun legionerlarimiz Bobir Abdixoliqov va Shahboz Umarov harakat qiladigan Shimkentning "Ordabasi" jamoasi safarda "Maktaaral" bilan kuch sinashadi. Uchrashuv 20:00da start oladi.
BAA Pro ligasining 26-turida Aziz G‘aniev o‘ynayotgan "Shabab Al-Ahli" o‘z uyi, "Al-Rashid" stadionida "Adjman" klubini qabul qiladi. Uchrashuv 20:35da start oladi. Ma’lumot uchun Dubay klubi muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirdi.
RPL. Bugun Rossiya premer-ligasining 27-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Ulardan birida legionerimiz Hojimat Erkinov jamoasi "TsSKA" maydoniga safar qiladi. Mazkur o‘yin 21:00da start oladi.
A Seriya. Italiya A Seriyasining 35-turida O‘zbekiston MTJ sardori harakat qilayotgan "Spetsiya" o‘z uyida "Milan"ni qabul qiladi. Uchrashuv soat 21:00da start oladi.
Fikrlar