Legionerlarimiz. Bugun Shomurodov va Masharipov jamoalari o‘z o‘yinlarini o‘tkazadi
Bugun xorijda o‘ynayotgan ikki etakchi legionerimiz o‘z o‘yinini o‘tkazadi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Kalyari" A Seriyaning 33-turida o‘z uyida "Yuventus"ni qabul qiladi. Bellashuv 23:45da start oladi. Shomurodov qaydnomada bor va jamoasiga yordam berishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Raneri jamoasi A Seriyada 31 ochko jamg‘argan holda 14-pog‘onada joylashgan.
Jaloliddin Masharipov jamoasi "Istiqlol" Eron chempionati 24-turi doirasida o‘z uyida "Shams Azar"ni qabul qiladi. Uchrashuv 19:30 da start olishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, chempionlik uchun kurashayotgan O‘runonovning "Persepolis"i g‘alaba qozondi va ayni damda etakchi bo‘lib turibdi. "Istiqlol" bugun g‘alaba qozonsa, yana birinchi o‘ringa qaytishi mumkin.
Fikrlar