
Legionerlarimiz. Ibragimovning jamoasi EChLda mag‘lub bo‘ldi
Yaxshi bilasiz, bundan bir necha kun ilgari hamyurtimiz Aziz Ibragimov Latviyaning “Spartaks” jamoasi safiga o‘tgani haqida xabar bergan edik. Uning yangi jamoasi bugun Evropa Chempionlar Ligasi 2-saralash bosqichi doirasida Qozog‘istonning “Astana” jamoasiga qarshi bahs yuritdi.
Tezkor xabar: Aziz Ibragimov EChLda ishtirok etadigan jamoa safiga o‘tdi!
Hamyurtimiz yangi jamoasi safida maydonda ilk daqiqlardan harakat qildi. Biroq yurmalaliklar o‘z maydonlarida mehmonlarga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.
Aziz 59-daqiqada almashtirildi. U bunga qadar hakam tomonidan sariq kartochkaga loyiq ko‘rilgan edi.
Endi javob bahsi bir haftadan so‘ng, Qozog‘istondagi “Astana-Arena” stadionida bo‘lib o‘tadi.
EChL. 2-saralash bosqichi
“Spartaks Yurmala” (Latviya) – “Astana” (Qozog‘iston) 0:1
Gol: Tvumasi(71).
Fikrlar