Legionerlarimiz. Salomovning jamoasi safarda mag‘lub bo‘ldi
Bugun Qozog‘iston Premer ligasida 18-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz Shavkat Salomov faoliyat olib boradigan “Atirau” klubi “Oqjetpes” jamoasi mehmoni bo‘ldi.
55-daqiqada Aleksey Kozlov tomonidan kiritilgan yagona gol mezbonlarga g‘alaba olib keldi. Hamyurtimiz 62-daqiqada zahiradan maydonga tushirildi.
Bugungi mag‘lubiyatdan so‘ng, “Atirau” hisobidagi ochkolar soni 17 taligicha qoldi va jamoa 9-o‘ringa tushib ketdi.
Qozog‘iston Premer ligasi. 18-tur
“Oqjetpes” – “Atirau” 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: Aleksey Kozlov(55).

Fikrlar