
Lempard Jiruni "Chelsi"da olib qolmoqchi
“Chelsi” bosh murabbiyi Frenk Lempard jamoaning frantsiyalik hujumchisi Olive Jiruni tarkibda saqlab qolmoqchi ekanini aytdi.
“Menda uning uchun rejalarim bor. Olive jamoamizning muhim qismidir. U o‘tgan mavsumda ko‘p o‘ynadi va biz uchun katta foyda keltirdi. Ishonchim komilki, ushbu futbolchi kelajakda ham "Chelsi" uchun foydali bo‘ladi, shuning uchun uni saqlab qolishni istayman”, - dedi Lempard.
Jiru “aristokratlar” safida etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani tufayli jamoadan ketmoqchiligini ma’lum qilgan edi.
Fikrlar