Lempardga kerak bo‘lmay qolgan himoyachini "Barselona" olmoqchi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Chelsi" kelayotgan transfer oynasi vaqtida ikkita himoyachini sotib yuborishni rejalashtirmoqda.

ESPN nashri manbasiga ko‘ra, londonliklar bosh murabbiyi Frenk Lempard markaziy himoyachilarni qisqartirish maqsadida Antonio Ryudiger va Fikayo Tomorini sotib yubormoqchi.

Ryudiger uchun "Barselona" qiziqish bildirmoqda, biroq kataloniyaliklar bu transfer masalasida jiddiy shug‘ullanishganicha yo‘q.

Ryudiger va Tomori joriy mavsumda chempionat bahslarida bittadan o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!