
Leonardo "Milan"dagi hamyurtini Parijga olib o‘tmoqchi
"Milan" klubi yarim himoyachisi Lukas Paketa PSJning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 22 yoshli braziliyalik futbolchini shaxsan parijliklar sport direktori Leonardo jamoada ko‘rmoqchi. Aytish kerakki, aynan Leonardo 2019 yilning yanvarida Paketani “Milan”ga olib kelgan edi.
Ma’lumot uchun, Paketa o‘tgan davr mobaynida “rossonerilar” safida jami 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 4 ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transfer narxi esa 35 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar