Levandovski, bizga kel, xafa qilmaymiz!

  • 18 oktabr, 12:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning 37 yoshli hujumchisi Robert Levandovski faoliyatini qaerda davom ettirish bo‘yicha muhim qaror qabul kelishi kerak. Kataloniyaliklar polshalik forvardga yangi bitim taklif qilmaydigan bo‘ldi.

Tecno

O‘yinchining shartnomasi 30 iyunda tugashini inobatga olib, yanvar oyida har qanday klub Levandovski bilan hamkorlik bo‘yicha muzokara o‘tkazishi mumkin.

Fanatik nashrining yozishicha, Turkiyaning “Galatasaroy” klubi Robertga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Turklar Levandovskiga yaxshi maosh ko‘rsatilgan bitim berishga tayyor.

Robert Levandovskiga Saudiya Arabistoni klublaridan ham chorlov bo‘lyapti. Evropa manbalarining yozishicha, mashhur to‘purar Osiyo qit’asiga ko‘chib o‘tish variantini ma’qullagani yo‘q.

Robert Levandovski “Barselona”ga kelgunga qadar Germaniya Bundesligasida Dortmundning “Borussiya” hamda Myunxenning “Bavariya” klublari sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!