Levandovski MYuga o‘tmoqchi bo‘lganmidi?
"Bavariya" va Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski 2012-yilda "Manchester Yunayted"ga o‘tish haqida rejalashtirilgani haqida aytib o‘tdi.
"Dortmundda o‘tkazgan ikki mavsumimdan so‘ng Ser Aleks Fergyuson bilan bir necha marotaba suxbatlashgan edik. O‘shanda MYuga o‘tish haqida o‘ylay boshladim. Ammo "Borussiya" rahbariyati ushbu taklifga rad javobini berdi.
O‘shanda ilk bor Dortmunddan ketish haqida o‘ylagandim. Albatta, yosh futbolchiga Ser Aleksday murabbiyning telefon qilishi ajoyib bo‘lgandi", - deydi Levandovski.

Fikrlar