
Levandovski "Oltin to‘p" haqida: O‘zimni g‘olib deb hisoblayman
Myunxenning “Bavariya” klubi klubi hujumchisi Robert Levandovski “Oltin to‘p”ni PSJ hujumchisi Lionel Messi qo‘lga kiritgani haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
"Agar siz Messidan keyin ikkinchi bo‘lsangiz, o‘zingizni g‘olib deb hisoblashingiz mumkin. Agar ular meni Leo bilan solishtirishsa, demak, mavsumni ajoyib o‘tkazdim", - deya Levandovskining so‘zlarini keltiradi Téléfoot.
33 yoshli Levandovski joriy mavsum "Bavariya" safida barcha turnirlar doirasida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 39 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar