Levandovski o‘rniga “Siti” yulduzi olinadi

  • 04.03.2026 05:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” yozgi transferlar davrida jamoa hujum chizigʻida jiddiy oʻzgarishlarni amalga oshirishga tayyorgarlik koʻrmoqda.

Kataloniyaliklar eng katta maosh olayotgan va yoshi oʻtib borayotgan 37 yoshli Robert Levandovski oʻrniga boshqa toʻpurar olishni rejalashtiryapti. Aslida “Barsa” asosiy hujumchi roliga “Atletiko”dan Xulian Alvaresni moʻljallagan.

Madridliklar jahon chempionini 100 million evrodan qimmatroq baholayapti. “Barselona” bu summani koʻtara olmaydi. Shu bois, ular “Manchester Siti”da bir yildan beri oʻynayotgan Umar Marmush transferiga eʼtibor qaratmoqda.

Taʼkidlanishicha, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Hans-Diter Flik ham Marmushni jamoaga olish gʻoyasini qoʻllab-quvvatlamoqda, chunki u misrlik hujumchining oʻyinini Bundesligadagi davridan yaxshi biladi.

Umar Marmush “Manchester Siti”ga bir yildan sal koʻproq vaqt avval oʻtgan boʻlsa-da, uning jamoadan ketishi ehtimoli bor, chunki u APLga toʻliq moslasha olmadi va boshqa kuchli ligalardan keladigan yaxshi takliflarni koʻrib chiqishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!