
Levandovski: "Ronaldu va Messi o‘ynagan vaqtida ham shunday bo‘lgan"
Robert Levandovski Lamin Yamal bilan "Reel Madrid" klubiga yangi kelib qo‘shilgan Franko Mastantuononi taqqoslash xato ekanligi haqida gapirdi.
"Futbolchilarni bu yoshida taqqoslash to‘g‘ri emas. Albatta, "Real"ga Laminga o‘xshagan biror futbolchi topish uchun muxlislar bosim o‘tkazishmoqda. Menimcha, buning iloji yo‘q, chunki bunday futbolchilar har yili tug‘ilavermaydi. Ilgari Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o‘ynagan vaqtida ham shunday bo‘lgan, lekin ular mutlaqo boshqa boshqa futbolchilar edi. Yangi Messi yoki Ronalduni hech qachon topa olamysiz, chunki ular betakror", - dedi polshalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, "Real Madrid 18 yoshli futbolchini "River Pleyt"dan 63 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib olgan edi.
Fikrlar