Levandovskining jarohati PSJga yordam beradimi? Mbappe bu savolga javob berdi

  • 04.04.2021 21:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasi chorak finali oldidan "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskining jarohat olgani borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, polshalik futbolchi terma jamoa safida jarohat olgan edi. Shifokorlar uning PSJga qarshi bo‘ladigan har ikkala o‘yinni ham o‘tkazib yuborishini ma’lum qildi.

“Levandovski ajoyib futbolchi va uning yo‘qligi biz uchun yaxshi yangilik. Biroq men boshqalarning jarohat olganidan xursand bo‘lmayman”, - dedi frantsiyalik futbolchi.

Levandovski joriy mavsum “Bavariya” safida jami 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va 40 ta gol urishga erishdi. U shularning 5 tasini EChL o‘yinlarida kiritdi.

Mbappe esa bu mavsum PSJda 36 ta o‘yin o‘tkazdi va o‘z hisobiga 30 ta gol yozdirib qo‘ydi. Shularning 6 tasi EChLda kiritildi.

PSJ va “Bavariya” jamoalari o‘rtasidagi Chempionlar ligasi 1/4 final bahsi 7 va 13 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!