
Libertadores kubogi finalining Madridda o‘tishi shahar politsiyasini xavotirga solmoqda
Madrid shahar politsiyasi ertaga “Santyago Bernabeu”da bo‘lib o‘tadigan "River Pleyt" - "Boka Xuniors" jamoalari o‘rtasidagi Libertadores kubogi final bahsida tartibsizliklar sodir bo‘lishidan xavfsiramoqda. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, ushbu final uchrashuvi asli 24 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo, “River Pleyt” muxlislarining raqib jamoa avtobusiga hujum qilib, stadion atrofida tartibsizlik qilishgani uchun o‘yin qoldirilgan edi.
Xabarlarga qaraganda ertanggi o‘yinga ham Argentinadan taxminan 400-500ga yaqin ana shunday tajovuzkor muxlislarning kelishi kutilmoqda. Shu bois shahar politsiyasi ushbu o‘yinga 4 mingta xodimni jalb etgani haqida xabar berildi.
Fikrlar