Liga 1. PSJ derbida Dué va Dembelening gollari evaziga "Parij"ni mag‘lub etdi
Liga 1ning 17-turida Luis Enrique boshqaruvidagi PSJ klubi o‘z maydonida "Parij"ni qabul qilib, 2:1 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvning 45-daqiqasida Dezire Due PSJni hisobda oldinga olib chiqdi. 51-daqiqada esa Villem Jebbel 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. "Oltin to‘p" sohibi Usmon Dembele oradan 2 daqiqa o‘tib jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi va yana hisobda oldinga olib chiqdi. Fransiyalik hujumchilarning ikki goli PSJga navbatdagi 3 ochkoni taqdim etdi.
Ma’lumot o‘rnida, 17-turdan so‘ng "Lans" 40 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. PSJ hisobida esa 39 ochko mavjud.
- Fransiya - Liga 1
- Joriy Mavsum
PSJ
- Désiré Doué 45'
- Ousmane Dembélé 53'
Tugadi
2
:
1
05.01.2026 00:45
Paris
- Willem Geubbels 51'
Fikrlar