
"Lion" kambek evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi va peshqadamlikni saqlab qoldi (video)
Frantsiya chempionatining 19-turida “Lion” safarda “Renn”ga qarshi bahs olib bordi.
Gollarga boy kechgan ushbu o‘yin 2:2 hisobida jangovar durang bilan yakunlandi. Shu kuni mezbonlar safida Kleman Grene (20') va Benjamen Burigo (55'), mehmonlar safida esa Memfis Depay (79') va Jeyson Denayer (82') gol muallifi bo‘ldi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar