"Lion" va "Beshiktosh" jamoalari o‘rtasidagi javob o‘yini tomoshabinlarsiz o‘tishi mumkin

  • 14 aprel, 2017, 11:25
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa ligasining chorak finalidan o‘rin olgan “Beshiktosh” hamda “lion” jamoalari o‘rtasidagi javob bahsi tomoshabinlarsiz o‘tkazilishi kerak. Kechagi tartibsizliklardan so‘ng frantsuz klubi prezidenti Jan-Mishel Ola ayni shu fikrni bildirmoqda.

Tecno

“Javob o‘yinini bo‘sh tribunalarda o‘tkazish eng to‘g‘ri va yagona yo‘l. Men bu borada UEFA barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘radi deb umid qilaman”, - deydi “Lion” prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, “Beshiktosh” va “Lion” jamoalari o‘rtasidagi javob o‘yini 20 aprel kuni Istambul shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu jamoalarning kecha bo‘lib o‘tgan uchrashuvi boshlanishig arafasida minglab ishqibozlar maydonga yopirilib tushishgan va tartibsizliklarni vujudga keltirishgan edi. Ayni shu sababli uchrashuv kechroq boshangan edi.

Janjal bilan boshlangan o‘yinda "Lion" "Beshiktosh"ni mag‘lub etdi (video)

Evropa ligasi: "Lion" irodali tarzda "Beshiktosh"ni engdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!