
Lionel Skaloni: "Harakat qilishdan to‘xtamaymiz"
Argentina bosh murabbiyi Lionel Skaloni Braziliyaga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikirlarini bildirib o‘tdi. Jahon Chempionati saralashi doirasidagi mazkur bahsda Argentina 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
"Argentinaliklar va butun jamoa bu lahzalardan zavqlanishini istayman. Bu qancha davom etishini bilmaymiz, ammo umid qilamanki, bu uzoq davom etadi va biz harakat qilishda davom etamiz, - deya o‘z xursandchiligini bildirdi argentinalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Argentina guruhda 31 ochko to‘plab, Jahon chempionati yo‘llanmasini naqd qildi. "Pentakampeonlar" esa 21 ochko to‘plagan holda hozirda 4-o‘rinni band etgan.
Fikrlar