"Lion"ning yangi bosh murabbiyi kim bo‘lishi ma’lum

  • 18 may, 2019, 09:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik mashhur mutaxassis Roberto Manchiniga  "Inter" va “Manchester Siti” kabi grand klublarda assistentlik qilgan Silvinyu "Lion" bosh murabbiyi bo‘ladi. Bu haqda RMC nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 45 yoshli braziliyalik mutaxassis frantsuz klubi rahbariyati bilan shartnoma borasida kelishuvga erishgan.

Ma’lumot uchun, Silvinyu ayni damda Braziliya terma jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Lion"ning amaldagi bosh murabbiyi Bryuno Jenezo mavsum yakunlangach jamoadan ketishga qaror qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!