"Liverpool" grandlar so'rayotgan hujumchiga narx belgiladi

  • 04.08.2026 18:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Liverpul»ning niderlandiyalik hujumchisi Kodi Gakpo yozgi transfer oynasining eng qiziqarli nomzodlaridan biriga aylanmoqda. 

Angliya premyer-ligasining yana bir grandi – «Tottenxem» uni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida ekani ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mersisaydliklar vinger uchun talab qilayotgan summa aniqlashgan. Anfield Watch nashri xabar berishicha, «Liverpul» Gakponi 72 million funt sterling atrofidagi taklif evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Kodi Gakpo 2023 yilda PSV klubidan «Liverpul»ga o‘tgan edi. Shu vaqtgacha u «qizillar» safida 180 ta o‘yinda maydonga tushib, 50 ta gol urdi va 23 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!