“Liverpool” afsonasi bu yulduzni zudlik bilan yo‘qotishni talab qildi

  • 05.03.2026 11:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasining 29-turidan o‘rin olgan uchrashuvda amaldagi chempion “Liverpul” chempionat autsayderi “Vulverxempton”dan 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Bu o‘yindan keyin “Liverpul” afsonasiga aylangan Stiven Jerrard sobiq jamoasini keskin tanqid qildi.

“Qizillar”ning sobiq sadori mersisaydliklar o‘yinidagi zaif jihatlarni ta’kidladi va murabbiylar shtabiga tarkibni qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi. Ayniqsa, hujumchi Kodi Gakpo masalasiga alohida e’tibor qaratdi, chunki u so‘nggi to‘qqiz o‘yinda atigi bitta gol urgan.

- 65 daqiqa davomida “Liverpul” o‘yin yo‘nalishini o‘zgartirishga juda qattiq harakat qildi, ammo juda yomon o‘ynadi, yetarlicha xavfli vaziyatlar yaratolmadi, kerakli tezlik va tempda harakat qilmadi, jamoaga sifat yetishmadi.

Arne Slot yosh hujumchi Rio Ngumoani asosiy tarkibda maydonga tushirishi kerak. U buni aynan hozirdan boshlashi lozim. Slot Gakponing o‘rniga aynan shu futbolchini tushirishi kerak, chunki u Kodi 65–70 daqiqa davomida qilgan ishdan ko‘ra, qisqa muddatda ko‘proq samara keltiryapti.

Rio aynan hozir asosiy tarkibda o‘ynashga munosib. Angliya kubogida ham u shu yigitni asosiy tarkibda maydonga tushirishi shart,  - dedi Jerrard TNT Sports nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!