"Liverpul" APLning "yangi yulduz"ini sotib olmoqchi

  • 21 fevral, 2022, 17:19
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Vest Xem" yarim himoyachisi Jarrod Bouen faoliyatini nomdorroq klubda davom ettirishi mumkin.

"GiveMeSport" xabariga ko‘ra, angliyalik futbolchi xizmatiga "Liverpul"dan jiddiy qiziqish bor. Yurgen Klopp uni anchadan beri haqiqiy egasini topa olmayotgan hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasida o‘ynatmoqchi. 

Mersisaydliklar 25 yoshli iste’dod sohibini sotib olish uchun kamida 35 million evro to‘lashi lozim. Jarrodning "Transfermarkt" portalidagi narxi shunchani tashkil etadi. 

Bouen Premer-ligada mavsum kashfiyotlaridan hisoblanadi. U "bolg‘achilar" libosida 36 uchrashuvda maydonga tushib, 12 gol va 11 assistga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!