“Liverpool” bilan to‘qnashuv Gvardiolani qahramonga aylantirdi
Angliya kubogi chorak finali doirasida “Manchester Siti” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Liverpul” futbolchini 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa, maydon egalari joriy mavsumda mersisaydliklar ustidan g‘alabalar seriyasini ketma-ket uchta o‘yinga yetkazdi.
Avvalroq, Premyer-liga doirasida “shaharliklar” mamlakatning amaldagi chempioni hisoblangan “Liverpul”ni ikki marta – 2:1 va 3:0 hisobida mag‘lub etgan edi.
“Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola uchun bu faoliyatida ilk bor turnirdan qat’iy nazar “Liverpul”ni ketma-ket uch marta mag‘lub etgan mutaxassisga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum mersisaydliklar Premyer-ligada g‘olib chiqib, “Manchester Siti”ning to‘rt yil davom etgan chempionlik seriyasiga barham bergan edi.
Fikrlar