“Liverpul” bilan to‘qnashuv oldidan “Siti”da katta yo‘qotish

  • 22 fevral, 12:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasi 26-turining markaziy uchrashuvida “Manchester Siti” futbolchilari o‘z maydonida musobaqa peshqadami “Liverpul”ni qabul qiladi.

Tecno

Xosep Gvardiola bu bahs oldidan tarkib tanlashda qiyinchilikka duch kelmoqda. Himoyachilardan Manuel Akanjidan keyin Jon Stounz jiddiy jarohat oldi. Endi “Real” bilan o‘yinni o‘tkazib yuborgan Erling Xoland ham bo‘lajak uchrashuvda jamoaga yordam bera olmaydigan bo‘lyapti.

Xosep Gvardiola norvegiyalik to‘purarning maydonga tushirish borasida bir qarorga kelgani yo‘q.

- Ayni paytda Erling Xoland “Liverpul”ga qarshi o‘ynashi yoki o‘ynay olmasligi haqida birorta aniq gap ayta olmayman. Biz mashg‘ulot o‘tkazamiz. Xoland qo‘shimcha tekshiruvlardan o‘tadi. Ularning natijasi hamma narsaga oydinlik kiritadi, - dedi Xosep Gvardiola.

Erling Xoland 15 fevral kuni “Nyukasl” bilan bo‘lgan uchrashuvda jarohat olib maydonni tark etgandi. 24 yoshli to‘purarni tizzasidagi og‘riqlar bezovta qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!