“Liverpul” Muhammad Saloh o‘rniga hujumchi topdi

  • 5 aprel, 2022, 11:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” jamoa to‘purari Muhammad Salohning ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Klub misrlik hujumchi bilan yangi bitim borasida bir to‘xtamga kela olmayapti.

Tecno

Yurgen Kloppga Salohning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar orasida “Valensiya” vakili Karlos Solerning harakatlari ma’qul kelmoqda. Ispaniya terma jamoasining 25 yoshli hujumkor futbolchisi joriy mavsumda yuqori saviyali o‘yin ko‘rsatmoqda.

Solerga “Yuventus” ham qiziqish bildirayotgani “Liverpul”ga bu o‘yinchini olishni qiyinlashtirib yuboradi.

Solerning shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi. “Valensiya” uni ushlab qolmoqchi. Biroq, nomdor klublardan bo‘layotgan taklif futbolchining qaroriga ta’sir qilishi tayin.

“Valensiya” tarbiyalanuvchisi joriy mavsumda barcha turnirlarda 28 marotaba maydonga tushib, o‘nta gol  va beshta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!