"Liverpul" Bundesliganing yulduz futbolchisi uchun kurashda favorit
Leverkuzenning "Bayer" klubi vingeri Yulian Brandt faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Goal.com nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 23 yoshli nemis futbolchisi uchun kurashda "Liverpul" favorit deya tilgan olinmoqda. Mersisaydliklardan tashqari shuningdek "Borussiya" Dortmund, "Bavariya", "Yuventus", "Real" va "Atletiko" klublari ham Brandtni o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Brandt joriy mavsum “dorishunoslar” safida jami 42ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 9ta gol hamda 17ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning tovon puli esa 25 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar