“Liverpool” chempionlikni erta topshirdi
O‘tgan mavsum “Manchester Siti”ning qatorasiga to‘rt yil davom etgan chempionligiga barham bergan “Liverpul” bu gal o‘zining g‘oliblik unvonini munosib himoya qila olmadi.
Jamoa bosh murabbiyi Arne Slot shogirdlari Premyer-ligada chempionlik uchun kurashdan chiqib ketganini ochiqchasiga tan oldi.
Shu bois, Slot endi chempionlikni himoya qilish haqida o‘ylamayapti va asosiy e’tiborni Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishga qaratmoqda.
- Chempionlik poygasi tugagani aytish hech qachon yoqimli bo‘lmaydi, chunki futbolda hamma kutganingiz amalga oshmaydi. Lekin hozir bizga eng kerak bo‘lmagan mavzu, bu chempionlik poygasi haqida gapirishdir.
Biz hozirgi holatimizda ligada “Arsenal” bilan chempionlik uchun raqobatlashish juda qiyin ekanini yaxshi bilamiz.
Eng avvalo, biz top-4, ya’ni Yevropa Chempionlar ligasiga chiqish uchun kurashishimiz kerak. Hali biz kurasha oladigan ko‘p narsalar bor, masalan, joriy Chempionlar ligasi, Angliya Kubogi bosh sovrinlari uchun kurash oldinda.
Agar avval hech qachon bo‘lmagan qandaydir g‘ayrioddiy holat ro‘y bersa, biz bundan foydalanishga harakat qilamiz, - dedi Arne Slot.

Fikrlar