"Liverpul" darvozaboni yozda boshqa jamoaga ketadi

  • 23.03.2020 18:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" klubi rahbariyati mavsumlar oralig‘ida darvozabon Adrianni qo‘yib yuborishga tayyor. Bu haqda Goal.com nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra 33 yoshli posbonning joriy mavsumda yo‘l qo‘ygan bir nechta qo‘pol xatolari sabab mersisaydliklar uni sotib yuborish fikriga kelishgan.

Ma’lumot uchun, Adrian “Liverpul” safiga 2019 yilning yozida erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. U 18 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 24 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!