"Liverpul" darvozabonidan tezroq qutulmoqchi

  • 29 may, 12:02
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning "Liverpul" klubi o‘z darvozaboni Kellexerni tezropq sotish haqida o‘ylamoqda!

Tecno

Kaomxin Kellexer yozdagi transfer oynasida jamoasini almashtirishi mumkin. The Independent nashri ma’lumotiga ko‘ra, "Brentford" "Liverpul" darvozabonini Mark Flekkenning ehtimoliy o‘rnini bosuvchi sifatida ko‘rib chiqmoqda. Flekkenga esa Germaniyaning "Bayer" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, London klubi allaqachon mersisaydliklar bilan irlandiyalik posbonning transferi borasida aloqaga chiqqan. "Liverpul" 26 yoshli darvozabon uchun kamida 20 million evro talab qilmoqda.

2024/2025 yilgi mavsumda Kellexer "qizillar" safida 20 ta o‘yinda maydonga tushdi, 20 ta gol o‘tkazib yubordi va 9 marta darvozasini daxlsiz saqlashga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!