"Liverpul" etakchilaridan biri "Barselona"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin

  • 27.04.2019 12:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" klubi forvardi Roberto Firmino "Barselona"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi yarim final dastlabki bahsini o‘tkazib yuborishi mumkin.

Marca nashrining xabar berishicha braziliyalik futbolchining son mushaklarida jarohat bor. U ayni shu sababli kecha APLning 36-turidan o‘rin olgan "Xaddersfild"ga (5:0) qarshi o‘yinda ishtirok etmadi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” – “Liverpul” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 1 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!