"Liverpul" futbolchisi APLda rekord qo‘ydi
Angliya Premer ligasi 17-turidan o‘rin olgan "Aston Villa" - "Liverpul" uchrashuvida mehmonlar 3:1 hisobida zafar quchdi.
E’tiborlisi, mersisaydliklar himoyachisi Endryu Robertson dastlabki golga hammualliflik qilib, APL rekordchisiga aylandi. Gap shundaki, shotlandiyalik futbolchi o‘zining turnirdagi 54-samarali uzatmasi hisoblanadi.
Bu orqali Robertson himoyachilar o‘rtasida APLning eng yaxshi assistentiga aylandi. Bungacha ushbu ko‘rsatkich 53 pas bilan Leyton Beynsga tegishli edi.
28 yoshli Endryu "qizillar" tarkibiga 2017 yilda kelib qo‘shilgan. Hozirgacha u 241 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8 gol va 59 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar