"Liverpul" futbolchisi yangi mavsumni Rossiyada boshlashi mumkin

  • 29 mart, 2020, 10:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi vingeri Jerdan Shakiri TsSKAning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Football Insider nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, mersisaydliklar 28 yoshli shveytsariyalik futbolchini 31 mln evroga sotishga tayyor. Biroq, bundan avvalroq bosh murabbiy Yurgen Klopp Shakirini jamoada olib qolmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Shakiri uchun moskvaliklardan tashqari “Roma” hamda “Sevilya” ham kurash olib bormoqda.

Ma’lumot uchun, Jerdan Shakiri joriy mavsum “Liverpul” safida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!