“Liverpul” futbolchisini bilmay olib qo‘yibmiz!

  • 17 sentabr, 2022, 13:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” rahbariyati erkin agent sifatida jamoaga qo‘shib olingan Divok Origi bilan tezroq xayrlashishni istamoqda.

Belgiyalik hujumchi bir necha mavsum “Liverpul” sharafini himoya qilgan va asosiy tarkibga kira olmaganidan keyin o‘tgan yozda jamoadan ketgan edi.

Hujumchining sport formasi, harakatlari milanliklarni ham qoniqtirmadi. Ular Divokni sotib yuborib, o‘rniga “Lill” vakili Jonatan Devid yoki “Zaltsburg”da porlay boshlagan Noa Okaforni olib kelmoqchi.

27 yoshli Origi faoliyati davomida “Lill”, “Liverpul” va “Valfsburg” jamoalari sharafini himoya qilgan. Klublar miqyosida jami 306 ta bahsda qatnashib, 65 ta gol va 27 ta assistni qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!