
“Liverpul” himoya qo‘rg‘onini mustahkamlaydi
Virjil van Deykning uzoq muddatga safdan chiqishi “Liverpul” rahbariyatini tajribali himoyachi olishga majbur qilmoqda.
Avvaliga Yurgen Klopp mudofaa chizig‘idagi muammolarni ichki imkoniyatdan kelib chiqib, yosh futbolchilarni o‘ynatish orqali hal qilmoqchi edi. Biroq o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan klubda bu usul o‘zini oqlamayapti.
Ayni paytda liverpulliklar “Inter”dan Milan Shkrinyarni olib kelishga qaror qilgan. Bu himoyachiga ega bo‘lish uchun “Liverpul” xo‘jayinlari milanliklarga 60 million evro to‘lashi kerak bo‘ladi.
Shu o‘rinda, italiyaliklar ham bosh murabbiy Antonio Kontening taktik sxemalariga to‘g‘ri kelmayotgan 25 yoshli futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor.
Fikrlar