
“Liverpul” jahon chempionini Angliyaga qaytaradi
“Liverpul” rahbariyati jamoa tarkibini Madridning “Atletiko” klubida o‘ynayotgan argentinalik jahon chempioni Xulian Alvares bilan kuchaytirmoqchi.
Aslida 25 yoshli hujumchi Angliya Premer-ligasiga begona emas. U Madridga ketishdan avval “Manchester Siti”da o‘ynagan va Erling Xolandning soyasida qolishni istamagani uchun Ispaniyaga yo‘l olgandi.
“Atletiko” hujumchini qo‘yib yuborishga tayyor. Buning uchun ular xaridorlardan 100 million funt miqdorida badal puli talab qiladi.
Anfield Watch nashrining xabar berishicha, “Liverpul” bu summani to‘lash uchun shartnomaga o‘z hujumchisi Darvin Nunesni qo‘shmoqchi. Nunesning transfer narzi 80 million funtni tashkil qiladi.
Joriy mavsumda Alvares barcha musobaqalarda 43 o‘yinda ishtirok etib, 22 gol urdi hamda 5 ta golli uzatma berdi. Unga tuzilgan shartnoma 2030 yilga qadar amal qiladi. Transfermarkt saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozordagi qiymati 80 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar