
"Liverpul" jiddiy transferni e’lon qilish arafasida!
"Liverpul" rahbariyati "Portu"ning kolumbiyalik vingeri Luis Diasning transferi bo‘yicha ishlarni yakunlash arafasida turibdi.
Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, 25 yoshli futbolchi ayni damda mersisaydliklar safida tibbiy ko‘rikning ikkinchi bosqichidan o‘tmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Diasning transferi uchun “Liverpul” 40 million evro to‘laydi. Bundan tashqari shartnomada 20 million evro bonus tariqasida berilishi ham ko‘zda tutilgan. Futbolchining o‘zi esa “Liverpul” bilan 2027 yilga qadar shartnoma imzolaydi.
Ingliz klubi ayni damda Diasga ish vizasi rasmiylashtirmoqda.
Luis Dias joriy mavsum “Portu” safida 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va 16 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar